AESIY FLAVIY

AESIY FLAVIY (taxminan 390-454. 21.9, Rim) — sarkarda, G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi himoyachilaridan biri. 425 yil Aesiy Gunn jangchilari ko’magida G’arbiy Rim imperiyasining oliy rahbarlik lavozimlarini egallashga erishgan: bir necha bor konsul etib saylangan, patrisiy unvonini olgan. Aesiyning mavqeini pasaytirish maqsadida imperatrisa Galla Plasidiya Afrikadagi qo’shinlar qo’mondoni Bonifasiyni Italiyaga chaqirtirib olgan. Shunga qaramasdan 432 yil Aesiy imperiya qo’shinlari bosh qo’mondoni lavozimini egallagan. 450 yil gunnlar bilan Aesiyning yaxshi munosabatlari buzilgan. 451 yil Katalaun jangida Aesiy boshchiligida germanlar va alanlardan tashkil topgan qo’shin vestgotlar ko’magida Attila qo’mondonligi ostidagi gunnlar ustidan g’alaba qozongan. Aesiy imperatorning qizi Evdokiyani o’g’liga olib borishga harakat qilgani uchun imperator Valentinian 111 tomonidan Palatin tepaligidagi qabul marosimida o’ldirilgan.