AETA
AETA (atta, inagta) — Filippin orollarining tub aholisi, past bo’yli (140 — 150 santimetr) negroid qabilalar guruhi. 40 mingga yaqin (1987). Aeta Malayya-Polineziya tillari oilasiga mansub bir-biriga o’xshamagan shevalarda gaplashadilar. Hozirgacha qadimgi diniy e’tiqodlar (qabilaviy animizm) saqlanib qolgan. Aeta ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloq, ko’chmanchi qabila bo’lib, terimchilik va ovchilik bilan shug’ullanadi.