AGAMEMNON

AGAMEMNON — yunon mifologiyasida Miken yoki Argos podshohi. “Iliada” dostonida tasvirlanishicha, Troya urushida mardlik va jasorat ko’rsatgan, biroq manfaatparast, takabbur shaxs bo’lgan. Troya ustidan g’alabaga erishgach, Agamemnon o’z yurtiga qaytayotganda xotini Klitemnestra va uning jazmani Egisf tomonidan o’ldirilgan. Agamemnon obraziga ko’pgina yozuvchilar (Esxil, Evripid va boshqalar) murojaat etishgan.