AGAVA

AGAVA (Agave) — chuchmomadoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. Vatani — O’rta va Janubiy Amerika. 300 dan ortiq turi Meksika va unga yondosh o’lkalarda yovvoyi holda o’sadi. Yevropa va Osiyoda (xususan, O’rta Osiyo, Qrim va Kavkazda) ham ekiladi. Poyasi qisqa, quyi qismida uzun va qalin (sukkulent) yopirma barglar joylashgan. Agava monokarp o’simlik, ya’ni butun hayoti davomida faqat bir marta (6 — 15 yilda, oranjereyalarda esa 20 — 30 yildan keyin) gullab, uzun (12metrgacha) generativ poya chiqaradi, unda 17 mingga qadar gul bo’ladi. Gullari urug’lab bo’lgandan so’ng Agava quriydi. Agava asosan manzarali o’simlik sifatida ekiladi.