AGESILAY II

AGESILAY II – (miloddan avvalgi taxminan 442 -taxminan 358) — Sparta podshosi (401 yildan.), sarkarda va diplomat. 396 — 394 yillarda kichik Osiyo yarim orolda forslar ustidan bir necha marta g’alaba qozondi. Antalkid sulhidyan (387 yoki 386) keyin bir muncha muddat Spartaning Yunonistondagi hukmronligini tikladi. 361 — 360 yillarda Misrda bo’lib, forslar bilan urushda misrliklarga yordam berdi. Misrdan vataniga qaytishda yo’lda vafot etgan.