AGLOPORIT

AGLOPORIT — yengil betonlar uchun sun’iy g’ovak to’ldirgich; gilli jinslarga yoxud ko’mirni boyitish yoki yokishda hosil bo’lgan chiqindi (shlak, kul) ga issiqlik ishlovi (termik ishlov) berib, so’ngra maydalab hosil qilinadi. Agloporit chaqiq tosh yoki shag’al ko’rinishida olinadi. Agloporit devor panellari, bloklari va issiqlik izolyasiya buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.