AGRAR

AGRAR (lotincha agrarius) — 1) yerga, yerdan foydalanishga, unga egalik qilishga oid (masalan, Agrar tanglik, Agrar islohot); 2) sanoatga nisbatan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi asosiy o’rinda turishini ifodalovchi so’z (masalan, Agrar mamlakat va h.k.).