AGREGAT STANOK

AGREGAT STANOK – o’zaro kinematik bog’lanmagan uzellar (agregatlar) dan qurilgan maxsus metall kesish stanogi. Agregat stanok stanina, unga o’rnatilgan va keskichlarni harakatga keltiradigan bir necha kuch kallagi, ishlanadigan detal mahkamlanuvchi stol va yordamchi (sovitish, moylash va boshqalar) agregatlardan iborat. Kuch uzatmalari alohida yuritmaga ega, ular harakatining o’zaro bog’liqligi va ketma-ketligi yagona boshqarish tizimidan ta’minlanadi. Ishlov beriladigan asbob qo’zg’olmaydigan, kesuvchi asbob esa harakatlanadigan mexanik ishlov berishda Agregat stanok keng tarqalgan. Bunda detalga bir vaqtning o’zida bir necha asboblar bilan mexanik ishlov berish mumkin. Agregat stanoklardan, asosan, ko’plab mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlardagi avtomatik yoki oddiy potok liniyalarida foydalaniladi.