AGREGATSIYA

AGREGATSIYA (lot. aggregates – qo’shilgan, to’plangan) — siyosiy tizim funksiyasi. U xilma-xil talablar va manfaatlarni umumlashtirish, umumiy talablarni ishlab chiqish va ularni dolzarbligi, muhimligi nuqtai nazaridan pog’onalashtirish bilan bog’liq. Demokratik siyosiy tizimlarda bu vazifani manfaat guruhlar, jum., siyosiy partiyalar bajaradi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya‘ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida asosiy va muhim manfaatlar uyg’unlashtiriladi hamda ular o’rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi.