AGREMAN

AGREMAN (Fransuzcha agrement — rozilik) — xalqaro huquqda bir davlat hukumatining boshqa davlat doimiy diplomatik vakilini o’z mamlakatida qabul qilish to’g’risidagi roziligi. Agreman ikkala mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib olinadi va beriladi.