AGRESSIYA
AGRESSIYA (lotincha agressio — hujum qilish), tajovuz — bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan g’ayriqonuniy bo’lgan har qanday kuch ishlatish. Agressiyaning eng xavfli ko’rinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi og’ir xalqaro jlnoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 29-sessiyasi (1974) “Agressiyani belgilash to’g’risida”gi rezolyutsiya yakdillik bilan ma’qullagan. Bilvosita, iqtisodiy va g’oyaviy Agressiya tushunchalari ham bor.