AGROMETEOROLOGIK OMILLAR

AGROMETEOROLOGIK OMILLAR – o’simlikning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan va uning hosildorligini baholashga imkon beradigan omillar (o’rtacha sutkalik havo harorati, havoning namlik miqdori, shamolning tezligi, quyosh radiasiyasi, tuproq harorati, qorasovuq va hokazo). Odatda Agrometeorolik omillar asosiy va ikkinchi darajali turlarga bo’linadi. Masalan, harorat vegetatsion davrda past bo’lsa, hosil pishib yetilmaydi va shu sababli u asosiy omil hisoblanadi. Shamol ta’sirida o’simlik qisman nobud bo’lishi mumkin, lekin asosiy omil yetarli bo’lsa, hosil pishib yetiladi. Agrometeorolik omillarni baholashda omillarning o’rnini to’ldirib bo’lmaslik qonuniga amal qilinadi.