AGULYAS

AGULYAS, Agulyash (portugalcha agulha — igna) — Afrikaning eng Janubidagi burun.

AGULYAS, igna bo’rni soyligi — Atlantika va Hind okeanlari chegarasida okean tubining pasaygan qismi. Janubdan Afrika-Antarktika tizmasi, shimoldan Janubiy Afrikaning materik yon bag’ri bilan chegaralangan. Tubi shimoliy yarmida tekis (chuqurligi 2500 metr), Janubda esa parchalangan (chuqurligi 4000 — 5000 metr, ayrim joylarida 6000 metrgacha). Shimoliy-sharqida Agulyas qiri bor (u yerda chuqurligi 2500 metr). Grunti qizil gildan, shimoli va Agulyas qirida foraminiferali balchiqlardan iborat.