Ahamoniylar

Ahamoniylar-miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i Ahamon asos solgan. Kir II davrida O’rta Osiyo hududlari ham Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan. Uning davrida qadimgi Sharqning katta qismi o’z hukmronligiga bo’ysundiriladi va Ahamoniylarning Buyuk Imperiyasiga asos solinadi. Ahamoniylar davlati Aleksandr Makedonskiy tomonidan tugatiladi. Ahamoniylar sulolasi vakillari: Ahmon (Haxomanish), Chish-pish, Kir I, Kambiz I, Kir II, Kambiz II, Doro I, Kserks I, Ortokserks I, Kserks II, Sekudian II, Doro II, Ortokserks II, Ortokserks III, Arses, Doro III.