AHIYI HIRAVIY
AHIYI HIRAVIY(15-a.) –hirotlik xushovoz Hofiz, mashhur bastakor, ustoz. A. Jomiyning “qaytadan dilimga tushdi, shunday zo’r ishqu muhabbat…”matlali she’ri bilan o’qiladigan turkiy zarb usulidagi rosta Panjgoh singari asarlarning musannifi. Ubaydullaxon Hirotni ishg’ol etgach, Ahiyi Hiraviyni Buxoroga olib ketgan. Ahiyi Hiraviy Buxoroda Shuhrat qozongan. Hofiz Ushshoqiy, Boboyi Changiy Buxoriy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Darvish Maqsud Andijoniy, Hofiz Miroqiy Buxoriy, Hofiz Boqiy Ro’diy kabi dongdor san’atkorlarni tarbiyalab etishtirgan. Ahiyi Hiraviy Zarbul-fathusuli (Iroqmaqomi yo’li) dagi ikkita musiqa asarlarini mashhur bastakorlar Xoja Bobo bilan Xoja Hamzaga bag’ishlagan. Zamonasining mashhur musiqashunosi darvishali Changiy Ahiyi Hiraviydan ko’p naqshlar bilan savtlar qolganligini ta’kidlagan.