AHL AS-SUNNA VAL-JAMOA

AHL AS-SUNNA VAL-JAMOA (“sunna va jamoa ag’li”) — Islom dini ta’limotida og’ishmay, to’g’ri mafkurada sobit qadam bo’lib kelayotgan mo’min-musulmonlar toifasining nomi. Muhammad (sav) bir hadisi shariflarida aytgan ekanlar: “yahudiylar qavmi 71 firqaga, masihiylar qavmi 72 firqaga bo’linib ketgan edilar. Mening qavmim (ummatim) esa 73 firqaga bo’linib keturlar. Ulardan faqat bir toifasi mening va sahobalarim yo’lidan yurib adashmay borurlar. Qolgan 72 firqasi ag’li nor (do’zaxiy)dirlar”. Islom ulamolari shu hadisdagi bir toifani Ahl as-sunna val-jamoa deb nomlaganlar. Bu toifa yana “firqai Nojiya”, “ash’ariylar”, “moturidiylar” deb ham nomlanadi.