Parabola

Parabola (Yunoncha parabole) — 2-tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan to’g’ri chiziqqacha masofalari teng bo’ladi. Fokusdan o’tib, direktrisaga tik bo’lgan FN to’g’ri chiziq Parabolaning o’qi, o’q bilan P.ning kesishish nuqtasi uchi deyiladi. Parabola o’z o’qiga nisbatan simmetrik chiziq. Havo qarshiligi qisobga olinmasa, boshlang’ich tezligi vertikal bo’lmagan, erkin harakatlanayotgan jismning traektoriyasi Parabola chizadi. Parabolani o’z o’qi atrofida aylantirib hosil qilingan sirt (aylanma paraboloid) parallel nurlarni bir nuqtaga yig’adi va, aksincha, fokusidan tarqalayotgan nurlar paraboloiddan qaytib, parallel dasta hosil qiladi. Parabolaning bu xossasidan projektor va avtomobil faralari yasashda, quyosh energiyasini qo’llash (kontsentratorlar) da foydalaniladi.