“Sayyodxon va Hamro”

“Sayyodxon va Hamro” — o’zbek, turkman, Ozarbayjon va qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiy-romantik doston. Uning bir necha varianti Xorazm baxshilaridan yozib olingan. 19-asrning 2-yarmi — 20-asrning boshlarida qo’lyozma va litografik nashrlari tarqalgan. Dostonda Ozarbayjon hukmdorining o’g’li Hamro bilan Qizilolma yurtining malikasi Sayyodxon orasidagi sevgi sarguzashtlari hikoya qilingan. Asarda sevgi, sadoqat tuyg’ulari, to’g’rilik, rostgo’ylik, vafo kabi xislatlar ulug’langan. Toshkentda (1914, Arab yozuvida), Turkmanistonda (1960) bosilgan. Doston 1964 yilda o’zbek tilida nashr etilgan.