AHMEDOVA NAZIRA

AHMEDOVA NAZIRA (1913.5.6, Namangan — 1964.25.2, Toshkent) — o’zbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). O’zbekiston xalq artisti (1951). Moskva o’zbek opera studiyasi (1927-30) da ta’lim olgan. O’zbek ishchiyoshlar teatri (1930), Hamza teatri (1931) artisti. O’zbekiston radio qo’mitasi (1932), O’zbek musiqa teatri (1935— 39), Navoiy teatri (1939-64) yakka xonandasi. O’zbek, qardosh xalqlar operalari va chet el hamda rus klassik operalarida 20 dan ortiq rollar ijro etgan: Norgul, Nodira (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, “Bo’ron”, 1939— 43, “Buyuk kanal”, 1941), Tana (E. Brusilovskiy, “Er Targ’in”, 1939— 43), Asal, Layli (R. Glier, T. Sodiqov, “Gulsara”, 1949-54, “Layli va Majnun”, 1954-58), Mikaela (J. Vize, “Karmen”, 1944-47) va b. Qator o’zbek xalq qo’shiqlari va kompozitorlarning romanslari (D. Zokirov, “Ko’rmadim”, M. Burhonov, “Ishqida”, T. Sodiqov, “Sarvigul”)ni mahorat bilan ijro etgan.