Aid, Ereb

Aid, Ereb-yunon mifologiyasida jahannam, marhumlar saltanati. Yunonlar tasavvuricha, uchboshli Kerber tomonidan qo’riqlanadigan Aid Okean daryosi ortida joylashgan. Kerber hammani ichkariga kiritadi, lekin hech kimni chiqarmaydi. Aidda ko’plab iblislar va maxluqlar yashaydi. U yerda Kokit, Stiks, Axeron, Pirifyageton kabi yer osti daryolari oqadi. Shuningdek, Leta nomli unutish daryosi ham bor, undan suv ichganlar yerdagi hayotni unutishadi.