AJINATEPA
AJINATEPA — budda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (6-8-asrlar). Qo’rg’ontepa shahri (Tojikiston Respublikasi) dan 12,5 kilometr Sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib o’rganilgan (1961-69). Ibodatxona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100×50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning o’lim to’shagida yotgan 12 metrli haykali va sovg’a keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega. Ad.: Litvinskiy B. A., Zeymal T. I., Adjina-Tepe, M., 1971.