AJIOTAJ TALAB

AJIOTAJ TALAB — bozordagi shov-shuv va vahima ta’sirida sun’iy paydo bo’ladigan va shiddat b-n ortib boradigan talab. Ajiotaj talab aholi o’rtasida mish-mishlar tarqatish, reklama vositasida muayyan tovarlarga o’ta yuqori baho berish orqali iste’molchi ruhiyatiga ta’sir etish, tovarlarga bo’lgan g’oyat katta qiziqish, qimmatchilik va kahatchilik xavfi, har xil shov-shuvlar ta’sirida pulni tovar zaxiralariga aylantirishga intilish oqibatida yuzaga keladi. Ajiotaj talab ta’sirida tovar taklifi talabdan orqada qolib, bozor muvozanati buziladi, tovarlar taqchilligi g’oyat kuchayib ketadi.