AJIRIQTI
AJIRIQTI — korund koni; Navoiy viloyatidagi Tomdibuloq ovulidan 5 kilometr g’arbda, Tomdi tog’larida. Korund metamorfizmga uchragan ohaktoshlar orasida kalinligi 1 metr va uzunligi 10 metrgacha bo’lgan qatlamlarda linza shaklida yotadi. Ruda tarkibida korund (10— 60%), Margarit, xloritoid, temir oksidlari va gidroksidlari bor. Kamdan-kam holda diaspor, andaluzit, shpinel, biotit, xlorit, muskovit, pirofillit uchraydi. Konda chuqurligi 2-3 metrdan 20-30 metrgacha bo’lgan qadimda qazilgan joylar uchraydi. Korunddan charx qumi sifatida foydalanilgan. Shu tipdagi bir qancha konlar (Ashibuloq, Tomdi, Chingildi, Oqtov, Saribuloq, Beshtov) mavjud. Korundli ohaktoshlarning toshkumir davriga mansubligi yangi konlar topish va toshko’mir davri yotqiziqlarining yangi stratigrafii: sxemasini ishlab chiqish imkonini berdi.