AKIF
AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 — Istanbul — 1936.27.12) — turk shoiri, publitsist. 1925-35 yillarda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. “Zarralar” (1911), “Sulaymoniya kafedrasida” (1912), “Fotih kafedrasida” (1914), “Xotiralar” (1917), “Asim” (1919), “Soyalar” (1933) asarlarini yaratgan. Ulardagi she’rlari asosan aruzda yozilgan bo’lib, liro-epik va liro-didaktik tavsifda. Akif o’z asarlarida ko’proq ijtimoiy muammolarga e’tiborini qaratadi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga da’vat etadi. Turkiya “Mustaqillik gimni” (1921) ning muallifi.