AKONKAGUA

AKONKAGUA — Janubiy Amerika And tog’laridagi cho’qqi. Argentinada, Chili chegarasi yaqinida. Mutlaq balandligi 6960 metr (Amerikada eng baland cho’qqi). Asosan andezit tog’ jinsidan tashkil topgan. Qor bilan qoplangan. 7 ta muzlik bor, uzunligi 6 kilometrgacha, umumiy maydoni 80 kilometr kvadrat.