AKRILONITRIL
AKRILONITRIL, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 83°, qaynash temperaturasi 77,3°. Organik erituvchilarning ko’pchiligida eriydi. Suv bilan 70,5—70,7° da qaynaydigan azeotrop aralashma hosil qiladi. Akrilonitrilni saqlashda uning polimerlanish va yonuvchanlik xossalarini e’tiborga olish kerak. Sanoatda tsianid kislota va atsetilendan katalizator ishtirokida olinadi. Yuqori molekulyar moddalar olishda ishlatiladi.