AKROLEIN

AKROLEIN (propenal, akril aldegid), — to’yinmagan alifatik aldegid, o’tkir hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik; suyuqlanish temperaturasi 86,5 dan 88° gacha, qaynash temperaturasi 52,7°. Akrolein laboratiya sharoitida gliseringa kaliy bisulfat, fosfat kislota yoki borat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan oson olinadi. Sanoatda formaldegidni atsetat aldegid bilan SiO, ishtirokida 300-320° da gaz fazada kondentsiyalash yo’li bilan hamda Pro-pilenni havo kislorodi bilan suv bug’i va vismut — molibden katalizatorlari ishtirokida oksidlab olinadi. Akrolein akrilonitril, glitserin, piridin, R-nikolin, etilvinil efirlar, poliakrolein va boshqa olishda ishlatiladi.