Akropol

Akropol (yunoncha akron-yuqori, polis-shahar)-yunon shaharlarining muhofazalangan va balandlikka joylashgan qismi, yuqori shahar. Afina Akropolining qadimgi mudofaa devorlari miloddan avvalgi 2-mingyillikka oid. Odatda Akropol dastlabki manzilgoh bo’lib, uning atrofida uncha mustahkam bo’lmagan quyi shahar deb atalmish qism joylashgan. Akropol dastlab yunon jamoasining diniy va madaniy markazi sanalgan. Akropollarning ayrim xarobalarigina (Miken, Argos kabi) saqlanib qolgan. Ular orasida miloddan avvalgi 447-438 yillarda haykaltarosh Fidiy rahbarligida me’morlar Iktin, Kallikrat qurgan Afina Akropoli mashhur.