AKS SHU’LA
AKS SHU’LA — osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dog’day ko’rinadigan kuchsiz shu’la. Sayyoralararo changga tushayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil bo’ladi. Aks shu’lani faqat Oydinsiz, Tim qorong’i va havo ochiq tunlarda, mart-aprel hamda sentabr-oktabr oylarida kuzatish mumkin. U Kavkaz va O’rta Osiyo hududlarida yaxshi kuzatiladi. Aks shu’la yorqinligi tungi osmon yorqinligidan 10-15% ortiq. Aks shu’laning yorqinligi va shakli quyosh nuri faolligiga qarab o’zgarib turadi. Aks shu’la tabiati hali yaxshi o’rganilgan emas.