AKSINIT
AKSINIT (Yunoncha axine — bolta; kristalining shaklidan olingan) — mineral. Rangi ko’pincha moviy yoki binafsha rangda tovlanuvchi qo’ng’ir tusda. Kristallar, druzalar, massalar holida bo’ladi. Aksari temir, mis, polimetall, qalay va marganes rudalari bilan birga uchraydi. Aksinit bor elementi olish uchun xom ashyo bo’lishi mumkin.