AKTIV SCHYOTLAR
AKTIV SCHYOTLAR – korxona mablag’larini hisobga oladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular mavjud mablag’lar, ularning tarkibi va joylashishi to’g’risidagi ko’rsatkichlarni beradi. Aktiv schyotlarda mablag’laming ko’payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. Oxirgi qoldig’i faqat debetda va buxgalteriya balansining aktivida ko’rsatiladi. Quyidagi schyotlar aktiv schyotlar hisoblanadi: bino, inshootlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalar (lOOO-schyotlar)ni hisobga oladigan schyotlar; pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar; tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlar.