AKTSELERATSIYA
AKTSELERATSIYA (lotincha accelaratio – tezlashish) (biologiyada) — embrion (pusht) rivojlanishining ma’lum bosqichlarida uning ayrim a’zolari shakllanishining tezlashuvi. Bolalar va o’smirlar o’sishi hamda jismoniy rivojlanishining tezlashishi. Hozirgi bolalar va o’smirlar har bir yoshda ancha oldingi yillardagi tengqurlariga nisbatan bo’ychan bo’lib, vazni og’irroqdir. Bolalar katta bo’lgan sari, bu farq shunchalik seziladi. Ularning sut tishlari oldin bo’rtadi, doimiy tishlar bilan tezroq almashinadi, skeletining suyaklanishi ham oldinroq yuz beradi. Og’ir mehnatning kamayishi, umumiy hayot tarzi, maishiygigienik shart-sharoitlarning yaxshilanishi, shuningdek yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohga yo’l qo’ymaslik va boshqa Aktseleratsiyaga olib kelishi mumkin. Aktseleratsiya faqat bolalar gavda o’lchamlarining jadal kattalanishida emas, balki ularning dunyoqarashi hamda fikrlashlari ilgarilab ketishi, shuningdek erta balog’atga yetishida ham namoyon bo’ladi.