AKTSIDENTSIYA
AKTSIDENTSIYA (lotincha accidentia — tasodif) — biror narsaning tasodifiy, o’zgaruvchan, muhim bo’lmagan, o’tkinchi xossasi. Substantsiyagya qarama-qarshi. Aktsidentsiya termini birinchi marta Aristotelning “Metafizika” va “Fizika” asarlarida ishlatilgan. O’rta asr sxolastikasida, 17-18 – asr falsafasida ko’p qo’llanilgan va Sharq falsafasida al-Oraz deb ishlatilgan.