AKTSIYALARNING NAZORAT PAKETI

AKTSIYALARNING NAZORAT PAKETI — aktsiya egasiga aktsiyadorlik jamiyatida amaldagi hukmronlikni ta’minlaydigan aktsiyalar miqdori; chiqarilgan aktsiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aktsiyador jamiyatning yig’ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi (bunda jami aktsiyador kapitalning 51% ga emas, balki 20 30%, ba’zan undan ham kamroq hissaga ega bulishi kifoya). Aktsiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aktsiyador jamiyatning xo’jayini bo’lish, uning qolgan a’zolari kapitalini boshqarish imkoniyatini beradi.