AKUSTIK KO’ZGU

AKUSTIK KO’ZGU — tushayotgan tovush to’lqini uzunligidan chiziqli o’lchamlari bir necha marta katta bo’lgan silliq yuzali tovush qaytargich. Masalan, dengiz sathi, imorat devori va boshqalar. Sirtdagi g’adir-budurliklarning chiziqli o’lchamlari tushayotgan tovush to’lqini uzunligining 1G’20 qisminigina tashkil etadigan Akustik ko’zgu silliq ko’zgu deyiladi. Takroriyligi (chastotasi) 500 Gts dan yuqori bo’lgan tovush to’lqinlari qaytargichning o’lchami 2×2 metr bo’lishi kerak. Tovush to’lqinining tarqalish yo’nalishini o’zgartirish uchun yassi Akustik ko’zgudan, parallel tovush to’lqinlarini bir nuqtaga to’plash (yoki yoyish) uchun paraboloid Akustik ko’zgudan, bir nuqtadan chiqqan tovush to’lqinlarini ikkinchi bir nuqtaga to’plash uchun ellipsoid Akustik ko’zgudan foydalaniladi. Akustik ko’zgu qurilish akustikasi, ultratovushlarni ilmiy tekshirish, texnika, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlatiladi.