AKUTAGAVA RYUNOSKE
AKUTAGAVA RYUNOSKE (1892.1.3 – Tokio — 1927.24.7) — yapon yozuvchisi. O’z asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab bergan. U ijodida G’arb va yapon adabiyoti an’analarini o’zaro uyg’unlashtirib, yapon an’anaviy tasvir va ifoda usulini yangi yo’nalishga burgan. Inson ongining “jumboq”ligi, oldindan aytib bo’lmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari — “Ryosman” (1915), “Burun” (1916) unga shuhrat keltiradi. “Kuz” (1920), “Sovuq” (1924) psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik dunyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. “Suv alvastilari mamlakatida” (1927) ijtimoiy-fantastik majoziy asardir. Insonning yolg’izligi, uning vaqt, tarix oddida ojizligi pandnasihatdan iborat “Tentakning hayoti” (1927) nomli so’nggi asarining mavzuidir. Yapon madaniyatida beqiyos o’rin egallagani uchun “Akutagava” milliy mukofoti ta’sis etilgan.