AKVARIUM BALIQLARI
AKVARIUM BALIQLARI – akvariumda yashab va ko’paya oladigan baliqlar. Ko’pchilik turlari maydaligi, antika qiyofasi va ajoyib rangi bilan boshqa baliklardan ajralib turadi. Aksariyat Akvarium baliqlari tabiiy sharoitda tropik va subtropik o’lkalardagi chuchuk suv havzalarida yashaydi. Dengiz baliklarini akvariumda ko’paytirish qiyin. Akvarium baliqlariga karpsimonlar (barbuslar, danio, kardinal va boshqalar), xarasinidlar (neonlar, tetralar va boshqalar), karptishlilar (gambuziya, guppi, platipesil, afiosemionlar va boshqalar), okunsimonlar (gurami, ipdorlar, xo’rozchalar, skalyariylar, tsentrarxidlar, tsixlidlar va boshqalar), laqqasimonlar (kallixtidlar) oilalariga mansub bo’lgan bir necha yuzlab turlar kiradi. Akvarium baliqlari orasida ayniqsa guppi, danio, barbuslar, skalyariylar, laqqachalar, neonlar, nanostomuslar va boshqa mashhur. Akvarium baliqlarini parvarish qilish va kuzatish organik olamni idrok etishda katta ahamiyatga ega. Akvarium baliqlarini parvarish qilayotgan bolalar dastlabki mehnat faoliyati ko’nikmasiga ega bo’lishadi, ularda jonivorlarga g’amxo’rlik qilish odati shakllanadi. Akvarium baliqlari ustida genetika, biokimyo va bionika sohasida turli tadqiqotlar ham olib boriladi. Masalan, guppi va medaklar ustida genetik tadqiqotlar o’tkazilgan. Uzoq formalarni chatishtirish orqali Akvarium baliqlarining yangi zotlari chikarilgan. zamonaviy akvariumlarda ilmiy tadqiqot maqsadlarida har xil baliqlar, jumladan yirik akulalar ham boqiladi. Bunday akvariumlarda baliqlarning hayoti, xulq-atvori o’rganiladi, yangi zotlar chiqarish ustida selektsiya ishlari olib boriladi.