AL-BARADEI

AL-BARADEI, Muhammad albaradey (1942, Qohira) — misrlik huquqshunos. Xalqaro huquq Doktori (1974). Qohira universitetini tugatgan (1962). Qohiradagi diplomatiya xizmati xodimi (1964 yildan), Misr tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi (1974-78), BMT qoshidagi o’quv va ilmiy tadqiqot institutida xalqaro huquq dasturi bo’yicha katta aspirant (1980 yildan), Nyu-York universitetida xalqaro huquq adyutant-professor (1981-87). Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro agentligi (MAGATE)ning Bosh direktori (1997 yildan). Atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish va undan eng xavfsiz usullar bilan foydalanish uchun kurashgan. Nobel mukofoti laureati (2005, hamkorlikda).