Ala

Ala (lotincha alae-ayni ma’nosi qanot)-Qadimgi Rim armiyasida yordamchi otliq bo’linma. Tsezarning Galliyaga yurishlari davrida ilk ko’rinishlari paydo bo’lgan. O’shanda Ala kingenariya (quingenaria), 1000 otliqdan iborat Ala milliariya (milliaria) deb atalgan. Ala suvoriylari alariyalar (alaris) deb nomlangan. Jangovar tuyalardan iborat Alalar ham mavjud bo’lgan.