ALANGALANISH
ALANGALANISH — yonishni vujudga keltiruvchi jarayon; yonuvchi moddaning biror issiqlik manbai (alanga, qizigan jism, elektr uchquni) ta’sirida o’t olib, yolqinlanib yonishi. Alangalanish yonilg’ining o’z-o’zidan o’t olishidan farq qiladi; tashqi manba ta’sirisiz qizib o’t olish o’z-o’zidan Alangalanish deyiladi. Masalan, suyuqliklarda Alangalanish ikki bosqichda kechadi, dastlab suyuqlik bug’lanadi, keyin yana qizdirilsa, bug’-havo aralashmasi hosil bo’lib alangalanadi. Suyuklikning alangalanishi uchun yetarli past temperatura Alangalanish temperaturasi deyiladi. Alangalanish temperaturasi yonilg’ining o’z-o’zidan Alangalanish temperaturasidan birmuncha yuqori bo’ladi. Yopiq idishdagi yonilg’ining Alangalanish temperaturasiga qarab suyuq yonilg’ilar o’t olish xavfi jihatidan sinflarga bo’linadi va shunga yarasha alangalanmaslik chora-tadbirlari ko’riladi.