ALAVIY
ALAVIY (Abdulla Alaviy) (1903, Pskent—1931.7.1, Samarqand) — shoir, adabiyotshunos. Leningraddagi Sharq tillari institutida tahsil ko’rdi va shu o’quv yurtida (1924-27), Samarqanddagi Pedagogika akademiyasida (1927-30) dars berdi. Alaviy barmoq vazniga asoslangan o’zbek she’riyatining badiiy imkoniyatlarini kengaytirdi, o’zbek adabiyotidagi sochma (erkin) she’r boshlovchilardan biri bo’ldi. Pskent tumanining Evalak qishlog’ida istiqomat qilgan berdi baxshi og’zidan “Alpomish” dostonini yozib olgan (1926).