ALBANLAR

ALBANLAR (o’zlarini shkiptar deb ataydilar) — Albaniya Respublikasining asosiy xalqi. Umumiy soni 6,1 million (1992). Albaniyada 3,250 million kishi, Yugoslaviyada (1,985 million kishi), Makedoniyada (500 ming kishi), Italiyada, Gresiyada, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda yashaydi. Tili Hind-Yevropa tillari oilasiga kiradi. Albanlar qadimgi davrlarda Bolqon yarim orolining g’arbiy qismida yashagan illiriy, qisman frakiylar avlodidir. “Albanlar” etnonimi dastlab milodiy 2-asrga oid manbalarda tilga olinib, 11-asrdan hozirgi Albaniyaning butun aholisiga nisbatan qo’llanilgan. Albanlar yevropeoid irqiga mansub. Albanlarning ko’pchilik qismi Islom dinini qabul qilgan, bir qismi pravoslav va katolik. Dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadilar. Sanoatda ham ishlaydilar.