ALDEBARAN
ALDEBARAN — Savr yulduz turkumining 0,8-kattalikdagi yulduzi (aldebarani), rangi qizil. Giadlar yulduz to’dasining bosh yulduzi hisoblanadi; Quyoshga nisbatan 150 marta yorqinroq. Bizdan uzoqligi 67 yorug’lik yiliga teng. Kuzda va qishda ko’rinadi.