ALEBASTR

ALEBASTR (Yunoncha alabastros) — 1) qurilish gipsining eski nomi. Oq gipeni kuydirib olinadi. Haykaltaroshlik, tibbiyot va qurilishda ishlatiladi. O’zbekistonda Alebast olinadigan gips Farg’ona, Quvasoy, Sho’rsuv, Qamishboshi, So’x va boshqa joylardan qazib olinadi; 2) mineral; gipsning bir turi.