ALEKSANDER

ALEKSANDER Semyuel (1859.6.1, Sidney — 1938.13.9, Manchester) — ingliz faylasufi, neorealizm vakili, emerjent evolyusiyasi nazariyasi asoschilaridan biri. Uning ta’limoti Spinoza, yum va Spensert falsafiy qarashlariga o’xshab ketadi. Aleksader naturalistik metafizika doirasidagi monistik aktualizm vakili hisoblanadi. Idealizmda mutlaqlik tushunchasi qanday o’rin egallasa makon zamon munosabatlari tushunchasi uning uchun shunchalik muhimdir, lekin makon-zamon munosabatlari asosida materiya yotadi, jami mavjudot materiyadan shakllanadi.