ALESKEROV YURIY NIKOLAYEVICH

ALESKEROV YURIY NIKOLAYEVICH (1913.2.3, Maxachkala — 1982.24.7, Samarqand) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975), tarix fanlari nomzodi (1941), dotsent (1949), professor (1973). Farg’ona davlat pedagogika institutini tugatgan (1936), Farg’ona va Samarqanddagi o’rta maxsus bilim yurtlarida o’qituvchi, O’zbekiston davlat universitetining aspirant (1938-41). 2-jahon urushi qatnashchisi. 1948 yildan SamDUda ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan, universitet tarix fakulteti kafedra mudiri (1956-82). Ilmiy ishlari Samarqand tarixi, fuqarolar urushi kabi mavzularga bag’ishlangan. 100 dan ziyod kitob, risola va ilmiy maqolalar muallifi.