ALGINAT KISLOTA

ALGINAT KISLOTA (lotincha alga -suvo’t) — ko’pchilik hujayra po’stida uchraydigan yuqori molekulali rangsiz, amorf uglevod birikma. Molekulyar modda 3500— 1500 000. Sovuq suvda yomon, issiq suv va ishqoriy eritmalarda yaxshi eriydi. O’z hajmidan 200-300 marta ortiq hajmdagi suvni yutish qobiliyatiga ega. Natriy va kaliyli tuzlari suvda yaxshi erib, yopishqoq eritmalar hosil qiladi. Alginat kislota va uning tuzlari emulsiya va suyuqliklarni quyultirishda, muzqaymoq ishlab chiqarishda gel hosil qiluvchi komponent sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.