ALIBEKOV ISLOM MAYBASOVICH
ALIBEKOV ISLOM MAYBASOVICH (1945.15.4, Chuguchak, XXR) — teatr rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (2001). N.V.Gogol nomidagi Olmaota rassomlik bilim yurtini tugatgan (1969). qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrida rassom (1969-73), 1975 yildan Qoraqalpog’iston davlat musiqali drama teatrida rassom, bosh rassom. Alibekov o’z ijodi bilan teatr dekorasiya san’ati rivojiga sezilarli hissa qo’shdi. “Qashqar qizi”, “Beruniy”, “seni topaman”, “Jumagul”, “Suymaganga suykanma”, “berdaq”, “Onalar” kabi spektakllar uchun sahna bezaklari hamda liboslar eskizlarini yaratdi; u, shuningdek, haykaltaroshlik asarlari (“sharshara”, shamot, 1981; “Avtoportret”, shamot, 1982 va boshqalar), rangtasvirda portretlar (“Q. Soipov portreti”, “shoir S.Nurumbetov portreti”, “Aktyor portreti” va boshqalar) hamda manzaralar (“Oydin kechalar”, “qishloq manzarasi”, “tog’manzarasi”, “yomg’irdan so’ng” va boshqalar) ham yaratdi, badiiy asarlar (T. Qaipberganovning “Qoraqalpoq qizi” asari va boshqalar)ga bezaklar ishladi.