ALIGARX

ALIGARX — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 480 ming kishi (1991). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Ipgazlama, oyna, metallsozlik korxonalari bor. Qishloq xo’jaligi rayonining savdo markazi (g’alla, paxta, shakarqamish). Aligarxda har yili yarmarka o’tkaziladi. 1524 yilda qurilgan qal’a (Fort) saqlanib qolgan. Musulmonlar universiteti (1920 yildan) bor.