ALIMENTAR ISITMA

ALIMENTAR ISITMA – emadigan bolalarga to’g’ri kelmaydigan ovqat berish natijasida gavda temperaturasining ko’tarilishi. Ovqatda oqsil ortiqcha bo’lib, suv kam bo’lsa, masalan, quruq yoki quyuq sut yaxshi suyultirilmay berilsa, sog’lom bola ham isitmalashi mumkin. Emadigan bola organizmiga ortiqcha osh tuzi kirishi natijasida ham Alimentar isitma kuzatiladi. Yetarli miqdorda suv ichirilishi bilan temperatura pasayib, asliga keladi. Alimentar isitma asosan organizmning suvsizlanishiga bog’liq. Bunda isitma chiqishiga suvning mutlaq kamligi emas, balki ovqat bilan kirgan oqsil va suv o’rtasidagi nisbatning buzilishi sabab bo’ladi.